» » O‘zbekiston adliya vaziri: Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi

O‘zbekiston adliya vaziri: Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi


O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Vashingtonda “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomovaning O‘zbekistonda dindorlik, hijob va soqol bo‘yicha savollariga javob berdi.

“Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi. Bu jamiyatimizning bu sohaga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Qonunchilik bilan taqiqlanmagan. Lekin bir narsani e’tiborga oling, u yoki bu tashkilot, masalan laboratoriya, sud-ekspertiza tashkilotlarida dress-kod cheklovi qo‘yilishi mumkin. U yerga soqol bilan borib ishlay olmaysiz. Bu sog‘liq-salomatlik, kasbning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq cheklov bo‘lishi mumkin”, — deydi Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirining bildirishicha, vazirlikka hali “soqolga ruxsat berilmayapti” degan murojaatlar bo‘lmagan.

“Hijob bo‘yicha ham jamiyatimizda hech qanday cheklov yo‘q. Ayollarimiz ko‘chada, mashina haydaganda ham hijob kiyib, o‘z huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Qonunchiligimizdagi ‘diniy libos’ni aniq ifoda etish muammo bo‘lib kelgan. Sudlarimizda har xil yondashuv amalga oshirilgan. Buning natijasida oddiy holatlarda ham javobgarlikka tortilgan. Mazkur norma bugungi kun talabiga javob bermagani sababli qayta ko‘rib chiqilyapti. Uning qaysi ko‘rinishda bo‘lishini parlament hal qiladi”, — dedi Ruslanbek Davletov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют