» » Armanistonda sobiq prezidentni hibsga olishmoqchi

Armanistonda sobiq prezidentni hibsga olishmoqchi


Armaniston maxsus tergov xizmati mamlakat sobiq prezidenti Robert Kocharyan (1998—2008-yillarda mamlakatni boshqargan)ni hibsga olishni so‘rab sudga murojaat qildi. Bu haqda idora saytida aytiladi.

“Sobiq prezident Robert Kocharyan 2008-yilgi prezident saylovlaridan keyin bir guruh odamlar bilan mamlakatda konstitutsion tuzumni ag‘darganlikda ayblanmoqda”, — deyiladi xabarda.

O‘sha vaqtda Kocharyan ikki muddat davomida prezidentlik qilgan va mamlakat rahbarligiga boshqa da’vogarlik qila olmas edi. U saylovda g‘olib chiqqan Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi. Muxolifat vakili Levon Ter-Petrosyan tarafdorlari ommaviy norozilik namoyishlarini o‘tkazgach, Kocharyanning buyrug‘i bilan, politsiya shafqatsiz ravishda aksiya ishtirokchilarini tarqatdi, natijada o‘n kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik yaralandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют