» » Huawei P20 Pro smartfoni Yevropa apparatlar bilan ta’minlash uyushmasi tomonidan “2018-yilning eng yaxshi smartfoni” deb tan olindi

Huawei P20 Pro smartfoni Yevropa apparatlar bilan ta’minlash uyushmasi tomonidan “2018-yilning eng yaxshi smartfoni” deb tan olindi


Huawei kompaniyasining xabar berishicha, Huawei P20 Pro smartfoni har yili Yevropa apparatlar bilan ta’minlash uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan European Hardware Awards 2018 mukofoti jyurisi “2018-yilning eng yaxshi smatfoni” deb tan oldi.

European Hardware Awards mukofoti yevropa bozorida ishtirok etuvchi iste’mol elektronikasi segmentidagi eng yaxshi mahsulotlarni qayd etadi. Da’vogarlarni tanlashda tarmoqdagi yetakchi nashriyotlar ishtirok etadilar. 2018-yildagi ovoz berishda 100 nafardan ortiq muharrir ishtirok etib, 42 toifadagi eng yaxshi elektron uskunalar va ularning butlovchi qismlarini, shu jumladan, smartfonlar, yuklovchi uskunalar va PK uchun komponentlarni ham aniqladilar.

“Bu mukofot — Huawei P20 Pro tomonidan erishilgan yuqori yutuqlarining yana bir isbotidir, bu esa Huawei’ning sanoat yetakchisi sifatidagi maqomini yanada mustahkamlaydi, — deydi Huawei Consumer Business Group mobil uskunalari bo‘linmasining vitse-prezidenti Bryus Li (Bruce Lee).

— Biz soha yangiliklarini yorituvchi OAV tomonidan berilgan ushbu baho bilan g‘ururlanamiz va bundan keyin ham foydalanuvchilar va mutaxassislarni mahsulotlarimizning imkoniyatlari bilan hayratga solishda davom etaveramiz”.

Huawei P20 Pro yangi flagman smartfoni dunyoda birinchi bo‘lib Leica kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan uchtalik kamera va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyali protsessorga ega bo‘ldi, ular birgalikda avval mobil qurilmalarida bo‘lmgan yuksak sifatli fotosuratlarni olish imkonini beradi. Tasvirlarni optimallash intellektual texnologiyalari tungi suratlarning a’lo darajadagi sifatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, uchtalik kamera besh karralik gibrid va o‘n karralik raqamli zumga ega. Kameraning yuqori qobiliyati Huawei P20 Pro’ning DxOMark nufuzli reytingidagi shubhasiz yetakchiligi bilan tasdiqlanadi, u batafsil test sinovlari asosida tuziladi. Huawei P20 Pro chiqarila boshlagan shu yil mart oyidan buyon u 109 ballik yig‘ma baho bilan barcha raqobatdoshlaridan ustun bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют