» » Atambayev: Qirg‘izistondagi prezident saylovi oshkora va adolatli o‘tishi lozim

Atambayev: Qirg‘izistondagi prezident saylovi oshkora va adolatli o‘tishi lozim


Qirg‘izistondagi bo‘lajak prezident saylovi oshkora va adolatli o‘tishi lozim. Bu haqda mamlakatning amaldagi rahbari Almazbek Atambayev Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Nurjon Shayldabekova bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Atambayev joriy yil 19-noyabrda bo‘ladigan prezident saylovining o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratgan.

“Saylovgacha qolgan 9 oy mobaynida ishda yo‘l qo‘yilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etish, davlat rahbari saylovi to‘liq oshkora va adolatli o‘tishini ta’minlash lozim. Faqat shunday saylovlar hokimiyatning qonuniyligi va mamlakatda barqarorlikni ta’minlaydi”, — deya ta’kidladi Almazbek Atambayev. 

Shuningdek, uchrashuv davomida Qirg‘iziston prezidenti MSKning joriy faoliyati va mamlakatda saylov tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida xabardor qilindi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 19:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют