» » Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin qimmatladi

Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin qimmatladi


Rossiya bozorida sotilayotgan Ravon’ning to‘rtta modelidan uchtasining narxi qimmatladi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta”ga tayanib, “Spot” xabar bermoqda.

GM Uzbekistan vakolatxonasi R2 xetchbeki va Nexia sedanining narxini 50 ming rublga (taxminan 790 dollar), Gentra sedanining narxini 20 ming rublga (taxminan 310 dollar) oshirdi. R4 modeli hozircha avvalgi narxda sotilmoqda.

Avtomatik transmissiyaga ega eng arzon mashina sanaluvchi Ravon R2 xetchbeki kamida 489 ming rublga (7,700 dollar) sotilmoqda. Mashina eng mukammal tarzda butlangan holatida 559 ming rublga (8,800 dollar) baholanmoqda.

Hozirda Rossiyada Nexia’ni 499 000—599 000 rublga (7,9 ming—9,5 ming dollar), R4’ni 529 000—659 000 ming rublga (8,4 ming—10,4 ming dollar), Gentra’ni esa 569 000—699 000 ming rublga (9 ming—11 ming dollar) xarid qilish mumkin.

Mart oyida Rossiyada Ravon’ning barcha avtomobillari narxlari 10 ming—30 ming rublga qimmatlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют