» » Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi


Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan buyon 100 kun ichida 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan mahalliy tashkilot ma’lumotiga tayanib, “Exo Moskvi” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakat poytaxti — Managua shahrida halok bo‘lganlar soni jami qurbonlar sonining yarimini tashkil qiladi.

Qayd etishlaricha, namoyishchilar ijtimoiy ta’minot islohotiga qarshi bosh ko‘targan. Hukumat taklif qilgan loyiha bo‘yicha ish beruvchilar va mehnatkashlar hisobidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari hisobiga undiriladigan ajratmalar miqdori oshirilgan. Namoyishlar boshlanganidan keyin davlat rahbari qonunning bekor qilinganini ma’lum qilgan, biroq norozilik chiqishlari to‘xtamagan.

Avvalroq, Nikaraguadagi norozilik namoyishlari vaqtida 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют