» » 2018-yilda O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar eng ko‘p eksport qilindi?

2018-yilda O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar eng ko‘p eksport qilindi?


2018-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Unga ko‘ra, eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz bo‘lib, yil boshidan buyon mahsulotning eksport qiymati 1 milliard 139 million 948,1 ming dollarni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar (463 million 198,1 ming dollar) va ip-paxta mahsulotlari (381 million 039 ming dollar) joylashgan.

Paxta tolasining eksport hajmi esa 166 million dollar biroz ko‘proq qiymatni tashkil qilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport hajmi bo‘yicha mamlakatdagi mahsulotlar ichida bor-yo‘g‘i 15-o‘rinda qayd qilingan — 22 million 164,2 ming dollar.

Olti oy davomida eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют