» » O‘zbekistonda 6 oy mobaynida prokuror tekshiruvlari va dastlabki tergov davomida 250 mlrd so‘mlik zarar qoplandi

O‘zbekistonda 6 oy mobaynida prokuror tekshiruvlari va dastlabki tergov davomida 250 mlrd so‘mlik zarar qoplandi


O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida prokuratura organlari tomonidan 2018-yilning birinchi yarmida muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonunbuzilishlar sabablarini bartaraf etish yuzasidan joriy yilning o‘tgan olti oyida joylarga 10 ming 951 taqdimnoma yuborildi. Sudlarga 53,2 milliard so‘m moddiy zararni undirish haqida 5 ming 906 ariza kiritildi. 5 ming 156 shaxs ogohlantirildi.

Qonunni chetlab o‘tishni ko‘zlagan 27 ming 741 fuqaro intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 788 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 250,7 milliard so‘mlik zararlar qoplandi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning mehnat huquqlarini himoyalash, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida kollej bitiruvchilarini ishga joylash va mazkur sohadagi hisobotlar haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar natijasida 2 ming 16 yangi ish o‘rinlari yaratilganligi haqida hisobot ko‘rsatkichlariga qo‘shib yozishlar aniqlandi.

Bu yo‘nalishda 34 million so‘m zarar ixtiyoriy undirildi. Sudlarga 4,5 milliard so‘m moddiy zararni undirish haqida 1 ming 991 da’vo arizasi kiritildi. Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 10 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan qonunlar ijrosi ustidan tizimli ravishda nazorat tashkil etildi. Mazkur sohadagi nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga 81,1 milliard so‘m kredit, 11,5 milliard so‘m ish haqi, 645 million so‘m naqd pul mablag‘lari olishida, shuningdek, 3,7 milliard so‘m debitor qarzlarni undirishda, 344 ta fermer xo‘jaligiga ro‘yxatdan o‘tish va bankda hisobraqami ochishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 11 ming 259 gektar asossiz ajratilgan yoki noqonuniy foydalanib kelinayotgan yer maydonlari zaxiraga qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют