» » Shavkat Mirziyoyev: Bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda parlament va hukumat a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda huquqbuzarliklar va ularni sodir etishga moyil shaxslar hisobini yuritish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Navbatchilik qismlarining eskicha uslubda ish yuritayotgani jinoyat haqidagi xabarlarning ba’zan e’tiborsiz qolishiga yoki hisobdan yashirilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Shu bois Ichki ishlar vazirligining Axborot markazini Bosh prokuratura tarkibiga o‘tkazish, navbatchilik qismlarini respublika bo‘yicha yagona axborot va boshqaruv tizimiga birlashtirish, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olishning elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, har bir hududda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati reytingini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

“Har bir jinoyatning ildizigacha yetib borish, jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish immunitetini shakllantirish kerak. Aks holda, jinoyatning oqibatlari bilan ovora bo‘lib yuraveramiz. Bunday kayfiyat bilan ishlashga yo‘l qo‘ymayman”, — dedi Prezident.

Yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari ko‘payib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyida ro‘y bergan shunday hodisalarning 871 tasida 943 nafar odam halok bo‘lgan, yana ko‘plab insonlar jarohatlangan. Haydovchi va piyodalarning bilimi, qoidalarga itoatkorligi va yo‘l harakati ishtirokchilariga hurmati pastligi bunga sabab bo‘lgan.

Yig‘ilishda ichki ishlar xodimlarining muomala madaniyati, ular o‘rtasida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari uchrab turgani muhokama etildi. Shaxsiy tarkibni tarbiyalash va kadrlarni rotatsiya qilish, ichki ishlar organlarining tahliliy-huquqiy va prognozlash faoliyatini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Videoselektorda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari eshitildi, vazifalar belgilab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют