» » AQSh kompaniyasi O‘zbekistonga yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish texnologiyasini taklif qildi

AQSh kompaniyasi O‘zbekistonga yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish texnologiyasini taklif qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Amerikaning CETS kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Memorandumda ko‘zda tutilgan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi maqsadida kompaniya bosh direktori Janina Patrik boshchiligidagi delegatsiya Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarning yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha takliflari, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

—O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ulkan imkoniyatlarga ega. Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida vazirlik bilan yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish bo‘yicha ilmiy va texnologik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolagandik. Sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida istiqbolli hamkorlar bilan uchrashar ekanmiz, bu yo‘nalishda katta ishlar boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Biz taklif etayotgan texnologiyaning afzallik tomoni shundaki, u ortiqcha shart-sharoit talab qilmaydi. Maxsus fototronlarda yetishtiriladigan kartoshka urug‘lari serhosilligi bilan ajralib turadi. Biz yurtingizga bir kunga kelganimiz yo‘q. Bugun texnologiyamiz sotib, shu bilan qaytib ketish niyatida emas. O‘zbekiston bilan uzoq hamkorlik qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, — deydi Janina Patrik xonim.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalarni jalb etish va ularni monitoringgini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Namozov “ikkinchi non” hisoblangan kartoshka urug‘i ayni paytda ko‘p miqdorda xorijdan import qilinayotgani, bu boradagi samarali hamkorlik O‘zbekistonning kartoshka urug‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida tashlangan qadam bo‘lishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют