» » O‘zbekistonda Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

O‘zbekistonda Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi


O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan, 2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qaror sharhida bayon etilishicha, qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullardagi avtomobil yo‘llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi.

Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko‘payishi mintaqaviy avtomobil yo‘llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rishni talab qilmoqda.

Qabul qilingan dasturga muvofiq, 2017—2018-yillarda 5 454 kilometr, jumladan, 2017-yilda 2 700 kilometr, 2018-yilda esa 2 754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo‘yicha — 324 kilometr, Buxoro viloyati bo‘yicha — 439 kilometr, Jizzax viloyati bo‘yicha — 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha — 679 kilometr, Navoiy viloyati bo‘yicha — 216 kilometr, Namangan viloyati bo‘yicha — 309 kilometr, Samarqand viloyati bo‘yicha — 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo‘yicha — 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo‘yicha — 267 kilometr, Toshkent viloyati bo‘yicha — 516 kilometr, Farg‘ona viloyati bo‘yicha — 520 kilometr, Xorazm viloyati bo‘yicha — 321 kilometr va Toshkent shahri bo‘yicha — 332 kilometr yo‘llar va ko‘chalarni ta’mirlash nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo‘l texnikasi bilan ta’minlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundirildi

Dastur ijrosi doirasida mavjud xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko‘chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtoyo‘l” o‘rniga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish haqida farmon qabul qildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 21:50)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют