» » Toshkentda “Samoviy shahar” paydo bo‘ladi

Toshkentda “Samoviy shahar” paydo bo‘ladi


Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni”da taqdim etilgan loyihalarning 35 foizi joyida ma’qullandi, qolgan investorlarga muqobil uchastka va obyektlar taklif qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kiritilayotgan investitsiyalar turar joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlari, savdo-ko‘ngilochar majmualar qurishga yo‘naltiriladi. Umumiy qiymati 591 million dollar (bundan 173 millioni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) 62 loyiha taqdim etildi.

Muvaffaqiyatli loyihalardan biri — SF Global kompaniyasining Sky city (“Samoviy shahar”) binolar majmui. Loyihaga kiritiladigan sarmoyalarning umumiy miqdori 500 million dollar. Investorlar bu mablag‘ning yarmini obodonlashtirishga yo‘naltirishga tayyor.

Keng yer maydonida balandligi 30-40 qavatli zamonaviy binolar majmuini qurish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri mehmonxona, 5 tasi ofislar va 6 tasi turar joy binolari bo‘ladi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha qurilish ishlarini 5 oydan keyin — uchastka to‘liq tasdiqlanganidan keyin boshlanishiga qaror qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют