» » Berlinga sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

Berlinga sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar


Berlin – dunyodagi eng chiroyli poytaxtlardan biri. Bu yerda klassik me’morchilik va sharq madaniyatining ajoyib birikmasini ko‘rishingiz mumkin.

Agar siz Berlinga 1—2 kunga kelgan bo‘lsangiz, shaharni tezkorlik tomosha qilishga urinib o‘tirmang. Shahar haqiqatan ham katta, diqqatga sazovor joylari esa juda ko‘p bo‘lgani uchun hammasini ko‘rishga ulgurolmaysiz.

Agar vaqtingiz kam bo‘lsa va boshqa joyni rejalashtirmagan bo‘lsangiz Reyxstagga borishni tavsiya qilgan bo‘lar edik. Ekskursiya juda qiziqarli, ayniqsa shaharning oynali gumbaz orqali ko‘rinishi esa ajoyibdir.

Keyin albatta Berlinning 5 ta eng mashhur muzeylari: Bode muzeyi, Pergam muzeyi, Eski milliy muzeyi, Eski muzey va Yangi muzey joylashgan Muzeylar oroliga boring.

Muzeylarni ko‘rganingizdan so‘ng xuddi shu orolda joylashgan hashamatli Berlin kafedral bosh cherkoviga o‘tishingiz mumkin.

Berlin bog‘lari

Bu shahar o‘zining ko‘plab istirohat bog‘lari va ko‘m-ko‘k daraxtzorlari bilan maqtovga loyiqdir. Ko‘pchilik Berlinning markazida joylashgan, 210 gektar maydonni egallagan va haqiqiy o‘rmonni eslatuvchi Tirgarten-parke to‘g‘risida eshitgan bo‘lsa ajab emas.

Ko‘p sonli istirohat bog‘lari va ko‘m-ko‘k daraxtzorlar, ko‘llar va Shpreye daryosi tufayli Berlinda aylanish juda oson va yoqimli.

Mahalliy taomlar

Berlinda italyancha, vyetnamcha va turkcha taomlar milliy hisoblanadi. Va karrivurst – mashhur nemis kolbasasi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:06)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют