» » O‘zbekiston yo‘llarida 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilari mavjud

O‘zbekiston yo‘llarida 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilari mavjud


Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorda ta’kidlanishicha, mamlakatda yo‘l belgilarini ishlab chiqish va o‘rnatish, o‘chib ketmaydigan chiziqlar tortishga tizimli yonlashilmagan.

Yo‘llarda 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilari mavjud, shuningdek, 136 mingta qo‘shimcha yangi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish zarur.

Shu munosabat bilan qarorga muvofiq, 2018–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi doirasida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Endilikda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil kommunikatsiya texnologiyalari, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlar avtomobil yo‘llarini qurish, to‘g‘rilash va ulardan foydalanish jarayoniga keng joriy etiladi.

Shuningdek, 2019–2023-yillarda yo‘l belgilarini ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturi tasdiqlandi.

2018–2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yo‘llari estetikasi”, “Yo‘l bo‘yi hududlarining landshaft dizayni”, “Yo‘l ustiga chiziqlar tortish”, “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha texnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 11:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют