» » BMT Afg‘onistonda eng xavfli narkotiklardan biri keng tarqalayotganidan ogohlantirdi

BMT Afg‘onistonda eng xavfli narkotiklardan biri keng tarqalayotganidan ogohlantirdi


Dunyodagi eng xavfli sintetik giyohvand moddalardan biri sanalgan metamfetamin Afg‘onistonda narkotik iste’mol qiluvchilar orasida keng tarqalib, mamlakat hududida ham tayyorlana boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Afg‘onistondagi sintetik narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlarga bag‘ishlangan hisobot e’lon qilindi.

Boshqarma mutaxassislari sakkiz oy davomida Kobul va Jalolobod ko‘chalarida “oyna”, “sevgi yoshlari”, “shisha” deb ataluvchi mazkur giyohvand modda haqida ma’lumot to‘pladi.

Boshqarmada ta’kidlanishicha, metamfetamin qoradori iste’mol qiluvchilar orasida keng tarqalib borayotganligi bo‘yicha taxminlarning yetarlicha asoslari bor.

Metamfetamin tegishli organlar tomonidan aholi orasida borgan sari katta hajmlarda topib, tortib olinmoqda. Shuningdek, mamlakatning g‘arbiy qismida uni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham mavjudligini isbotlovchi dalillar borligi boshqarma tomonidan ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, metamfetamin iste’mol qilish holatlarining ko‘pchiligi Qunduz va Nimro‘z provinsiyalarida kuzatilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют