» » Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi


28-iyul kuni Markaziy bank Boshqaruvi o‘zining navbatdagi yig‘ilishida qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur qaror iste’mol narxlari o‘sish sur’atining pasayish tendensiyasini mustahkamlash va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar davrida inflyatsion bosimning kuchayish xavfi saqlanib qolayotganligi sababli milliy valyutadagi depozitlarning nisbatan yuqori daromadliligini ta’minlashga qaratildi.

Inflyatsiya

2018-yilning yanvar-iyun oylarida iste’mol narxlari indeksining o‘sishi o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 6,2 foizni (2017-yilning yanvar-iyun oylarida 7,2 foiz) tashkil qildi. Mazkur davrda iste’mol narxlari indeksining oylik dinamikasi yanvar oyidagi 2,7 foizdan iyun oyiga kelib -0,4 foizgacha tushishi, iqtisodiyotda narxlarning pasayib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Narxlar o‘sishi umumiy dinamikasining pasayishiga qaramasdan, tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi hamda ayrim asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sezilarli darajada qimmatlashuvi hisobiga iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qolmoqda.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining qisqa muddatli istiqboldagi inflyatsion kutilmalari pasayish tendensiyasiga ega bo‘lsada, uzoq muddatli istiqbolda, aksincha, nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Pul-kredit siyosati

2018-yil ikkinchi choragida banklararo pul bozorida foiz stavkalari bank tizimidagi likvidlik holatidan kelib chiqib 12,7—13,1 foiz oralig‘ida tebranib turdi.

Majburiy rezervlarning yangi tartibi va normativlarining joriy qilinishi Markaziy bank sof tashqi aktivlarining o‘sishi hisobiga vujudga kelgan bank tizimidagi likvidlikning oshishini oldini oldi.

Moliya vazirligi tomonidan davlat budjetini muvozanatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha yondashuv likvidlik va pul massasi o‘sish sur’atini ma’lum bir darajada ushlab turish imkoniyatini berdi.

2018-yilning birinchi yarim yilligida jami kredit qo‘yilmalar qoldig‘i hajmi 21,5 foizga oshdi. Natijada, joriy yilning ikkinchi choragida pul massasi o‘sish sur’atining birinchi chorakka nisbatan jadallashuvi kuzatilib, birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha pul massasi 5,8 foizga oshdi.

Milliy valyutadagi depozitlarning nisbatan yuqori daromadliligini saqlab turish bo‘yicha amalga oshirilayotgan foiz siyosati banklarning majburiyatlar tarkibidagi jamg‘arma va muddatli depozitlar hajmining mos ravishda 40 va 27 foizga yuqori sur’atlarda oshishiga sabab bo‘ldi.

2018-yil ikkinchi choragida xorijiy valyuta taklifining ortib borishi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 3,1 foizga mustahkamlandi.

Iqtisodiy va investitsion faollik

Respublikaning yirik savdo hamkor mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tiklanishi hamda asosiy eksport mahsulotlari uchun qulay bozor kon’yunkturasining shakllanishi to‘lov balansi holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib bordi.

2018-yilning birinchi yarim yilligida barqaror iqtisodiy o‘sish xizmatlar va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida o‘sish sur’atlarining tezlashishi hisobiga ta’minlandi.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018-yilning yanvar-iyun oylarida yalpi ichki mahsulot real hajmi 4,9 foizga o‘sdi.

Yuqori o‘sish sur’atlari shuningdek, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar sonining joriy yilning birinchi yarim yilligida 7,3 foizga yoki 20,7 mingtaga ko‘payishida ham namoyon bo‘ldi.

Mazkur davrda kapital qo‘yilmalar hajmi 13,4 foizga o‘sdi. Olib borilayotgan qurilish ishlari hajmi va ko‘lami faol kengayishda davom etdi (o‘sish 9,7 foiz).

Iqtisodiyotda kuzatilayotgan yuqori faollik sharoitida 2018-yil ikkinchi yarim yilligida tadbirkorlikni, alohida tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atiga qo‘shimcha turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Maqsadli dasturlar doirasida kreditlash hajmlarining oshib borishi, ayrim tarmoqlarda ish haqi miqdorlarining qayta ko‘rib chiqilishi hamda tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayonlarini davom ettirilishi iqtisodiyotda investitsion va iste’mol talabini oshirib, qisqa muddatli istiqbolda ma’lum darajada inflyatsion bosimning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

14 foiz

Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning yuqoriligicha saqlanib qolayotganligini inobatga olib, Markaziy bank Boshqaruvi pul-kredit siyosatining amaldagi yo‘nalishini davom ettirish va qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Markaziy bank turli omillar ta’sirida pul-kredit sharoitlarining amaldagi va kutilayotgan o‘zgarishlarini kuzatib boradi va o‘z navbatida, yuzaga keladigan inflyatsion xatarlardan kelib chiqib tegishli choralar ko‘radi.

Markaziy bank Boshqaruvining qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi majlisi 2018-yil oktabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 12:35)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют