» » Janubiy Koreya KXDR bilan chegarasidagi radiokarnaylar orqali Kim Chen Inning akasi halok bo‘lganini e’lon qilmoqda

Janubiy Koreya KXDR bilan chegarasidagi radiokarnaylar orqali Kim Chen Inning akasi halok bo‘lganini e’lon qilmoqda


Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam halok bo‘lgani haqida xabar berish uchun KXDR bilan chegara hududidagi radiokarnaylardan foydalanmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz radiokarnaylar orqali chegaraga yaqin hududda joylashgan Shimoliy Koreya aholisi hamda harbiylarini Kim Chon Nam o‘limi haqidagi yangiliklardan ogoh qilamiz”, — dedi vakillardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “mazkur yangiliklar shimolliklarga pochchasini qatl ettirgan va o‘z akasini o‘ldirgan Kim Chen Inning bag‘ritoshligini tushunib yetishlariga yordam beradi”.

Qurolsizlantirilgan hududdagi radiokarnaylar Janub va Shimolning targ‘ibot borasida olib borayotgan urushining bir qismi hisoblanadi.

Yaxshi havo harorati va tinch sharoitda ushbu moslamalarning ovozi 20 kilometrgacha yetadi. Odatiy sharoitda esa radiokarnaylar ovozini 7 kilometrgacha bo‘lgan hududdan tinglash mumkin.

Avvalroq Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari 14-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida halok bo‘lgan KXDR fuqarosi Kim Chon Nam ekanligini tasdiqlagan edi.

Ma’lumot uchun, Kim Chon Nam Shimoliy Koreyaning sobiq yetakchisi — Kim Chen Irning benikoh tug‘ilgan katta o‘g‘li bo‘lib, bir necha yil oldin uning otasiga voris bo‘lishi ehtimoli katta bo‘lgan.

Biroq Kim Chon Nam 2001-yil may oyida soxta pasport bilan Yaponiyaga ketmoqchi bo‘lganida otasining g‘azabiga uchragan va hozirgacha xorijda, xususan, Makaoda yashab kelayotgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют