» » OPEK mamlakatlari neft qazib chiqarish hajmini e’lon qilingan darajadan 70 foizga qisqartiradi

OPEK mamlakatlari neft qazib chiqarish hajmini e’lon qilingan darajadan 70 foizga qisqartiradi


OPEK kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar neft qazib chiqarish hajmini e’lon qilingan darajadan 70 foizga qisqartiradi, kelishuvning amal qilishi narxlarni bir maromda saqlab turish uchun uzaytirilishi mumkin. Bu haqda Fitch xalqaro reyting agentligi tahlilchisi Dmitriy Marichenko ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, neft narxi aprel—may oylariga kelib oshadi.

“Yanvarda erishilgan o‘sishga qaramay, umuman olganda yarim yillikda neft qazib olishning pasayishi e’lon qilingandan 70 foizni tashkil etadi”, — deb ta’kidladi Marichenko.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga qaraganda, 2019—2020-yillarda neftga bo‘lgan taklifning pasayishi fonida neft narxining o‘sishi barreliga 65 dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, OPEK tomonidan yanvar oyida neft qazib olish hajmi 1 million barreldan ko‘proqqa kamaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют