» » AQShning Vebster universiteti magistrlik diplomi endi O‘zbekistonda ham beriladi

AQShning Vebster universiteti magistrlik diplomi endi O‘zbekistonda ham beriladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va bir necha oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya AQShning Vebster universitetida mehmon bo‘lib turibdi. Bu haqda “Fledu.uz” xabar bermoqda.

26-iyul kuni Vebster universitetining TESL — ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish ixtisosligi bo‘yicha bir yillik magistratura dasturini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ochish haqidagi kelishuv imzolandi. Bu Amerika oliy ta’lim muassasasining Markaziy Osiyodagi birinchi magistrlik ta’lim loyihasi bo‘ladi. Kelajakda boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha ham hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilda bu dasturda ishtirok etish uchun nafaqat O‘zbekiston, balki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan mutaxassisligidan qat’i nazar bakalavr darajasiga ega, ingliz tilidagi bilim darajasi IELTS – 6 dan kam bo‘lmagan yoki shunga tenglashtirilgan til bilimini baholash bo‘yicha boshqa xalqaro sertifikatlarga ega yoshlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘zbekiston hukumatining sa’y-harakatlari bilan yoshlarning xalqaro darajada oliy ta’lim olishlari uchun to‘lov-kontrakt puli miqdori AQShdagi kabi 27 ming dollar emas, balki mamlakatdagi xalqaro OTMlar magistrlik darajasi uchun to‘lanayotgan qiymatga yaqin bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

O‘zDJTUdagi Vebster universiteti magistraturasida amerikalik mutaxassislar bilan bir qatorda maxsus tanlovdan o‘tgan mahalliy o‘qituvchilar ham dars beradi.

Ushbu magistratura diplomi bilan bitiruvchilar nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo oliy ta’lim muassasalarida dars berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Vebster universitetining O‘zDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yil avgust oyidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida kelgusida mazkur universitetning filiali ochilishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют