» » MDH maxsus xizmatlari ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilikka jalb qiluvchi shaxslarni aniqlash bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazadi

MDH maxsus xizmatlari ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilikka jalb qiluvchi shaxslarni aniqlash bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazadi


MDH maxsus xizmatlari 2017-yilda terrorchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi odamlarni jinoiy guruhlarga jalb qiluvchi vakillarini hamda xalqaro terroristik tashkilotlar emissarlarini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashqlari o‘tkazadi. Bu haqda MDHga a’zo davlatlarning milliy aksilterror markazlari rahbarlarining 10-yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Yig‘ilishda MDHga a’zo 10 davlat — Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Markaz tomonidan MDHga a’zo davlatlar maxsus xizmatlariga terrorchilik faoliyatiga jalb etilgan shaxslarga oid to‘plangan ma’lumotlarni birlashtirish taklifi ilgari surildi.

Xabar berishlaricha, may oyi oxiri va iyun oyi boshida olti davlat — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston hududida maxsus kuchlar, Qurolli kuchlar va boshqa tegishli organlar ishtirokida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют