» » Snoudenning AQShga topshirilishi haqidagi xabarlarni Rossiya TIV “bema’ni” deb atadi

Snoudenning AQShga topshirilishi haqidagi xabarlarni Rossiya TIV “bema’ni” deb atadi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) sobiq xodimi Edvard Snouden prezident Donald Trampga “sovg‘a” tariqasida AQShga topshirilishi mumkinligi haqida OAVda e’lon qilignan xabarlarni bema’ni deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Rossiya tomoni bu kabi ma’lumotning butunlay bema’ni ekanligi haqida ma’lum qildi”, — deydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

“Amerika nashrlarining nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib axborot chop etishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Rossiya tomoniga hech kim bu kabi ma’lumotlarni chop etishdan avval uni tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha murojaat qilmagan”, — deb ta’kidladi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden 10-fevral, juma kuni OAVlarning u AQShga topshirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarini Rossiya Federatsiyasi uchun ishlamaganligining rad etib bo‘lmaydigan isboti deb atagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют