» » “Lokomotiv” “Bunyodkor”ni taslim etdi, “Qo‘qon-1912” yana penaltidan gol urib, g‘alaba qozondi

“Lokomotiv” “Bunyodkor”ni taslim etdi, “Qo‘qon-1912” yana penaltidan gol urib, g‘alaba qozondi


Bugun, 29-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 19-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Kun taqvimidan odatga ko‘ra 3 uchrashuv o‘rin olgandi.

19-tur doirasida Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi. O‘yinda hisob ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida mezbonlar a’zosi Quvondiq Ro‘ziyev tomonidan ochildi. 76-daqiqada Sanjar Rashidov hisobni tenglashtirishga erishdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, bosh hakam “So‘g‘diyona” darvozasiga penalti belgiladi. Uni esa Murod Xolmuhammedov golga aylantirdi va jamoasiga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi. Ma’lumot uchun Murod ushbu mavsumda penaltidan 8 ta gol urishga erishdi va jamoasining to‘purari bo‘lib turibdi.

Yana bir bellashuv esa Navoiyda bo‘lib o‘tdi. Unda “Qizilqum” “Buxoro” jamoasiga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada “Buxoro” futbolchisi Arslonmurod Omonov tomonidan kiritildi. Shu tariqa “Buxoro” 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri esa Toshkentda bo‘lib o‘tdi. “Lokomotiv” “Bunyodkor”ni o‘z maydonida qabul qildi. Uchrashuvda hisob “qaldirg‘ochlar” tomonidan 33-daqiqada ochildi. Gol muallifi Xurshid G‘iyosov. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Sardor Mirzayev gol urib, hisobni 1:1 bo‘lishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida O‘zbekiston chempionatiga qaytgan Anzur Ismoilov gol urib, “Loko”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada esa Sardor Rashidov “Bunyodkor” darvozasini ishg‘ol etib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Pepsi Superliga

19-tur bellashuvlari

29-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0—54 Quvondiq Ro‘ziyev, 1:1—76 Sanjar Rashidov, 2:1—83,penalti Murod Xolmuhammedov.

Gol: 0:1—77 Arslonmurod Omonov.

Gollar: 0:1—33 Xurshid G‘iyosov, 1:1—45 Sardor Mirzayev, 2:1—70 Anzur Ismoilov, 3:1—90+1 Sardor Rashidov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют