» » Sherzod Shermatov: Maktab har yili qanaqa boshlangan bo‘lsa, shu vaqtda boshlanadi

Sherzod Shermatov: Maktab har yili qanaqa boshlangan bo‘lsa, shu vaqtda boshlanadi


O‘qishning birinchi kuni o‘zgarishsiz qoldi. Ta’lim maskanlarida o‘qish an’anaviy tarzda — 2-sentabrda boshlanadi, deb xabar qiladi Sputnik vazirlik matbuot-xizmatiga tayanib.

“Yangi Davr” muxbiriga bergan intervyusida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jamiyatdagi o‘qituvchilar obro‘sini oshirish, ularning oylik maoshlari oshirilishi, maktablardagi noqonuniy pul yig‘imlari va maktab formasi haqida gapirgan.

Shermatov hozirgi axborot texnologiyalari davrida mish-mishlar tez tarqaladigan bo‘lib qolganini ta’kidlagan holda, “maktab ertaroq boshlanadi” degan gap-so‘zlar o‘rinsizligini ma’lum qildi.

“Maktab har yili qanaqa boshlangan bo‘lsa, shu vaqtda boshlanadi”, - deb ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda bu yil maktablarda o‘qish avgust oyining boshida boshlanadi, yanvar oyida esa o‘quvchilarga bir oylik ta’til berilar ekan, degan xabarlar tarqalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют