» » Samarqandda qiz chaqaloq tuqqan ayolning farzandi o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi

Samarqandda qiz chaqaloq tuqqan ayolning farzandi o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi


Joriy yilning may oyida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriq majmuasida antiqa holat qayd etilgan. 23-may kuni tug‘uriqqa kelgan 1993-yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimova farzandli bo‘ladi. Shifokorlar ayolning yaqinlariga tug‘ilgan farzandi qiz ekanlini bildiradi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

7 oylik tug‘ilgan chaqaloq maxsus bo‘limga olinadi va vakumda saqlanadi. Oradan ikki kun o‘tib, aniqrog‘i 26-may kuni chaqaloq vakumdan chiqariladi.

Qiziq va achinarli holat 27-may kuni kuzatiladi. Go‘zal Hakimovaning turmush o‘rtog‘iga shifokorlar farzandi o‘g‘il ekanligini bildiradi. Bu gapni eshitib hayratlangan yigit onasiga qo‘ng‘iroq qilib, nevarasi o‘g‘il ekanligini aytadi.

Aynan o‘sha kuni tug‘ilgan chaqaloq vafot etadi va shifokorlar chaqaloqning egalariga o‘g‘il farzandni beradi. Ushbu holat bo‘yicha Go‘zal Hakimovaning yaqinlari mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan.

27-may kuni shifokorlar Go‘zal Hakimova qiz emas, o‘g‘il farzand tuqqanligini iddao qilib farzand haqiqatda uniki ekanligini aniqlash uchun DNK tekshiruvidan o‘tkazishini so‘raydi. Biroq DNK tekshiruvi uchun 2500 AQSh dollari to‘lashga imkoni bo‘lmagan chaqaloq egalari o‘g‘il chaqaloqni olib dafn qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют