» » “Real” va “Manchester Yunayted” Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga kirishdi

“Real” va “Manchester Yunayted” Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga kirishdi


Madridning “Real” klubi “Lester” hamda Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Harri Maguayrni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatlarni boshladi, deb xabar beradi FootballHD.

“Real” Harri uchun “Manchester Yunayted” bilan kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, Joze Mourinyo Maguayrni anchadan beri o‘z jamoasida ko‘rishni xohlab kelmoqda.

Madridliklarning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi esa o‘z taktik sxemalaridan Harri munosib o‘rin egallashiga ishonmoqda.

Hozirda “Real” markaziy himoyasida Rafael Varan va Serxio Ramos, ba’zan esa Nacho harakatlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют