» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Muslim.uz” nashri xabar berdi.

Ismoil Muhammad Yusuf kuchli ilmiy salohiyat, hayotiy tajriba va noyob iste’dod sohibi hisoblanadi. 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1994-yil “Islomiy da’vat kulliyasi”ga o‘qishga kirdi. To‘rt yil bakalavr bosqichida, so‘ng ikki yil magistraturada o‘qib, 2001-yili ushbu kulliyani tamomladi.

Shundan so‘ng, elchixonalarda, diniy ta’lim muassasalarida, nashr ishlarida, sayt xizmatlarida va ta’lim markazlarida faoliyat olib bordi.

Hozirda Ismoil Muhammad Yusuf “Hilol nashr” matbaa nashriyoti rahbari hisoblanadi. 2011-yilda faoliyat boshlagan ushbu nashriyot hozirda Respublikadagi eng ko‘zga ko‘ringan va ilg‘or nashriyotlarning oldi qatoridan joy olib ulgurdi. Ustoz Shayx hazratlarining kitoblarini va yana boshqa bir qator ilmiy-ma’rifiy asarlarni o‘quvchilar qo‘liga yetkazishda izchillik bilan ish olib borilmoqda. Hatto asarlar rus va qardosh xalqlar tillarida ham nashr etilib, xorijiy davlatlardagi o‘quvchilarga yetkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют