» » O‘zbekistonda Eksimbank tashkil etiladi

O‘zbekistonda Eksimbank tashkil etiladi


Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Eksimbanki, Eksportni ilgari surish milliy agentligi va Eksport kreditlarini sug‘urta qilish agentligini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Vazirning qayd etishicha, Tashqi savdo vazirligi Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribalari asosida eksportni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat eksport salohiyatini oshirish ustida ish olib bormoqda.

Delegatsiya rahbari, Jahon bankining moliya, raqobat va innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha katta mutaxassisi Stefka Slavov O‘zbekiston Eksimbanki konsepsiyasi, tizimi va strategiyasini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют