» » Samarqandning nomiga munosib bo‘lmay qolgan So‘lim qishlog‘ida chiqindilarni qayta ishlovchi poligon quriladi

Samarqandning nomiga munosib bo‘lmay qolgan So‘lim qishlog‘ida chiqindilarni qayta ishlovchi poligon quriladi


Samarqand shahridagi Xishrav qo‘rg‘onidagi qachonlardir aholi hordiq chiqaradigan manzil bo‘lgan So‘lim qishlog‘i chiqindixonaga aylanib qolgandi. Endi ushbu hududda “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimini joriy etish” loyihasi amalga oshiriladi. Uni “Maroqand Obod” DUK 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga foydalanishga oldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

— Ushbu qo‘rg‘onnni olganimizga bir oy bo‘ldi. Bu yerda Fransiya davlati rivojlantirish agentligi Osiyo departamenti va Naldeo kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samarqand shahrida to‘planadigan maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimi” qurilishi rejalashtirilgan, - deydi “Maroqand Obod” DUK direktori Shuhrat Mamatov. — Qiymati 37,1 million yevroni tashkil etadigan ushbu loyihani joriy yilning sentabr-oktabr oylaridan boshlab amalga oshirish rejalashtirilgan.

97 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan ushbu hududning 46 gektar yer maydoniga chiqindini ko‘mib utilizatsiya qilish va undan metan gaz ishlab chiqarish uchun “Bioreaktor” poligoni quriladi. Chuqurligi 18 metr, uzunligi 300 metrni tashkil etadigan poligonning yuqori qismi gidroizolyatsiya qilinib, 1.22 metr qalinlikda yopiladi. Uning ustiga ekin ekish imkoniyati yaratiladi.

— Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan shahar markaziy chiqindixonasidan 1970-yildan buyon foydalanib kelinadi. Yillar davomida bu xududdan 4,1 million tonnadan ko‘proq chiqindi yig‘ilib, utilizatsiya qilish ishlari olib borilgan, — deydi “Maroqand Obod” DUK bo‘lim boshlig‘i Shohruh Sodiqov. — Samarqand shahri hududidan kunlik o‘rtacha 320-360 tonnagacha chiqindilar chiqariladi. Yoz va kuz mavsumida bu ko‘rsatgich yanada ortadi. Loyihani amalga oshirish natijasida shahar hududidan kunlik yig‘iladigan maishiy va qattiq chiqindilarning to‘planib qolish holatiga barham beriladi.

Loyihaga ko‘ra, shahar bo‘yicha yangidan quriladigan va mavjud chiqindi yig‘ish maydonchalarining maxsus konteynerlarida chiqindilar saralanib (metall, plastik, qog‘oz, shisha, oziq ovqat), shundan so‘ng shahar markaziy chiqindixonasiga olib ketilib, maxsus chiqindini turlarga ajratish qurilmasidan o‘tkaziladi. Ajratilgan metall, qog‘oz, plastik, politilen, shisha, chinni va boshqa sanoat chiqindilari qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib beriladi.

Hozirgi kunda shahar bo‘yicha 43 ta chiqindi qabul qiluvchi shoxobchalar mavjud bo‘lib, kelgusida qo‘shimcha yana 135 ta shoxobcha qurish rejalashtirilgan. Ikki yil davomida bunday shoxobchalar sonini 207 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Samarqand shahridagi chiqindi muammosini bartaraf etishni ko‘zda tutuvchi ushbu loyiha bosqichma-bosqich 2024-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют