» » Uchquduq dehqon bozorining betartibligi borasida tuman hokimligi izoh berdi

Uchquduq dehqon bozorining betartibligi borasida tuman hokimligi izoh berdi


Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimligi “Daryo.uz” saytida e’lon qilingan “Navoiydagi bozor atrofi chiqindilar bilan to‘lganicha qolmoqda (foto)” sarlavhali maqola yuzasidan tahririyatga o‘z javobini yo‘lladi.

Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, Uchquduqda hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda sug‘oriladigan dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanishning imkoni yo‘q. Shuning uchun barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni hududlardan tadbirkorlar tomonidan olib kelinadi. Shuningdek, tumaning iqlimi boshqa hududlardan keskin farq qilib, doimiy shamol esib turadi. Aytilishicha, shamol yengil chiqindilarni (sellofan, paket, qog‘oz va boshqalar) uchirib keladi va oqibatda bozor burchaklarida chiqindi uyumlari yig‘ilib qoladi.

Shuningdek, tuman hokimligining ma’lum qilishicha, “Uchquduq dehqon bozori” MChJda 21-iyul kuni “Tozalik kuni” o‘tkazilgan.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bozor ma’muriyati tanqid qilingan va rahbariyatga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, “Toza hudud” DUK Uchquduq filiali va tuman DSENM (Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi) bozor hududida nazorat o‘rnatmagani uchun jazo choralari ko‘riladigan bo‘lgan.

Prezidentning 2017-yil 27-martdagi “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida “Uchquduq dehqon bozori” MChJ 2019-yili to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Uchquduq tuman hokimiyati ma’lumotlarga surat ilova qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют