» » Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra turmushga chiqmoqda

Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra turmushga chiqmoqda


36 yoshli hind aktrisasi va model Priyanka Chopra sevgilisi bilan munosabatlarini rasmiylashtirishga qaror qildi, deb yozadi MyDay.

Mashhur aktrisaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i xonanda Nik Jonas bo‘lib, u aktrisadan 10 yosh kichik, lekin ularni yaqindan taniganlar yoshdagi farqqa qaramay juftlik juda baxtli ekanini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Nik Priyankaning tug‘ilgan kunida Tiffany&Co brendiga tegishli uzuk tuhfa qilib, unga turmushga chiqishini so‘ragan.

Priyanka Chopra Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklning yaqin dugonasi bo‘lib, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qirollik oilasi vakillarini tanishtirgani haqida ham ma’lumotlar bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют