» » Buxoroda Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilib, 11,5 ming dollarni o‘zlashtirgan firibgarga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Buxoroda Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilib, 11,5 ming dollarni o‘zlashtirgan firibgarga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi


Firibgarlik jinoyati sodir sodir etgan K. Rajabov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi Z. Qurbonov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Repost.uz”.

K. Rajabov 2015-yil avgust oyi o‘rtalarida Buxoro shahrida F. Hasanov, A. Hasanov, J. Jo‘rayev va B. Majidovga Janubiy Koreyaga borish uchun bo‘ladigan test sinovlarida yordam berishini aytib, ularning xar biridan 2 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, 2015-yil iyul oyida J. Islomovning ham ishonchini suiiste’mol qilib, undan 3, 5 ming dollar olib, jinoiy harakatlarini davom ettirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018-yil 19-iyuldagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2017-yil 23-maydagi hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют