» » Surxondaryoda baxshilarning respublika festivali bo‘lib o‘tdi

Surxondaryoda baxshilarning respublika festivali bo‘lib o‘tdi


Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Katta Vaxshivor qishlog‘ida 28—29-iyul kunlari baxshi-shoirlar, oqin va jirovlarning respublika festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Mamlakatda baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda beshta dostonchilik maktabi mavjud. Bular orasida Surxondaryo dostonchilik uslubi o‘ziga xos o‘ringa ega.

Katta Vaxshivor qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan baxshi-shoirlar, oqin va jirovlar ko‘rigi o‘ziga xos bayramga aylanib ketdi. Erta tongdan shomgacha qizg‘in davom etgan bellashuvni viloyatning turli hududlaridan kelgan muxlislar katta qiziqish bilan tingladi, olqishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют