» » Kim Chen Inning akasini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi

Kim Chen Inning akasini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi


Malayziya politsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Malayziyaning Bernama davlat axborot agentligiga tayangan Reuters gumonlanuvchi ayol Myanma fuqarosi ekanligini qayd etdi.

Shu bilan bir vaqtda ChannelNewsAsia nashri muxbiri o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Malayziya politsiyasi bayonotining suratini joyladi. Unda qo‘lga olingan ayoldan Vyetnam fuqaroligiga oid hujjatlar topilgani qayd etilgan.

Ayol Kuala-Lumpur aeroportining terminallaridan birida qo‘lga olingan.

Malayziya huquqni mufohaza qilish organlari vakillari gap videokuzatuv kamerasida aniqlangan surati avvalroq Janubiy Koreya OAVlarida e’lon qilingan ayol haqida ketayotganini ma’lum qildi. Politsiya rahbariyatining ta’kidlashicha, ayol aynan shu surat yordamida aniqlangan.

Kim Chon Nam Malayziya poytaxtida 13-fevral kuni vafot etdi. Vafot etgan shaxs Kim Chon Nam ekanligi 14-fevral kuni Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlandi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayol tomonidan zaharlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 00:22)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют