» » Geologlar Yerdagi sivilizatsiyani yuzaga keltirgan jarayonni aniqladi

Geologlar Yerdagi sivilizatsiyani yuzaga keltirgan jarayonni aniqladi


Yer sayyoraning janubiy okeanlarida oqimlarning kuchayishi va suvdan karbonat angidridning katta miqdori “qochishi” tufayli to‘xtovsiz muzlash va isish jarayonidan chiqqan, insoniyat esa sivilizatsiiya yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Nature Geoscience jurnalidagi paleontologlar xulosalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

AQShning Prinston universiteti olimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, Yerning janubiy okeanlaridagi oqimlarning kuchayishi suvdagi uglerod gaziga atmosferaga “qochib chiqishga” va sayyorani isitishga imkon bergan. Atmosferaga karbonat angidrid gazining kam miqdori tushgan bo‘lsa ham, bu miqdor sovishni to‘xtatish va sivilizatsiya tug‘ilishi uchun yetarli bo‘lgan.

Geologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Yer tarixidagi so‘nggi muzlik davri taxminan 2,6 million yil avval boshlangan. Uning asosiy o‘ziga xosligi shunda bo‘lganki, muzlik maydoni va Yer yuzasidagi harorat butun davr mobaynida doimiy bo‘lmagan.

Muzliklar har 40—100 ming yilda kelgan va chekingan. Bu hodisalar keskin isish va sovish bilan o‘tgan. So‘nggi isish davri taxminan 13 ming yil avval boshlangan va bugungacha davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют