» » Farg‘onada 500 dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan futbol maktabi direktoriga sud hukmi bilan jazo tayinlandi

Farg‘onada 500 dollar pora olayotganda qo‘lga tushgan futbol maktabi direktoriga sud hukmi bilan jazo tayinlandi


Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-nazorat tadbirida 500 AQSh dollari pora olayotganda qo‘lga tushgan Farg‘ona shahar ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati direktori T.M.ga sud hukmi bilan jazo tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

T.M. Farg‘ona shahar davlat ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati direktori lavozimida ishlash davomida o‘g‘li va jiyanini mazkur futbol maktabiga o‘qishga kiritish istagida yurgan fuqarodan 600 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

Holat yuzasidan fuqaro Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat etib, qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi. Davlat xavfsizlik xizmati va Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-nazorat tadbiri davomida T.M. kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

T.M. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (“Pora olish”) 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi T.M.ga nisbatan 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют