» » Yotoqxona uchun choyshab tanlash qoidalari

Yotoqxona uchun choyshab tanlash qoidalari


Har birimiz sog‘lom uyquning muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Uyqu jarayonini sog‘lom va sifatli qilish uchun nimalar qila olamiz? Choyshabni to‘g‘ri tanlay olamizmi? Quyida shirin uyqu uchun qulay choyshab tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligini hikoya qilamiz.

Choyshab xarid qilish uchun yo‘l olar ekansiz, albatta uning o‘lchamlarini oldindan aniqlab olishingiz zarur. Chunki hozirgi “standart” o‘lchamlarga ishonib bo‘lmaydi. Shuningdek, mato yuvilgandan so‘ng kirishishi mumkinligini hisobga oling. Sifatli choyshabda bu unchalik sezilmasa ham, bichish qoidalariga rioya etilmagan choyshab o‘lchamining 15 foizini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun sifatsiz tovarni qaytarish mumkin bo‘lgan maxsus savdo muassasalaridan xarid qilishni tavsiya etamiz.

Choyshab tanlashdagi ikkinchi muhim qoida — faqat tabiiy matolarni tanlaymiz! Choyshab uchun tanlangan mato havoni albatta yaxshi o‘tkazishi va namlikni yuta olishi zarur. Bundan tashqari, u bir necha marta yuvgandan keyin cho‘zilib ketmaydigan sifatli matodan tikilgan bo‘lishi lozim.

Paxta yoki xomsurp choyshab komplekti qimmatlik ham qilmaydi, yuqoridagi talablarga ham javob beradi. Satin esa qo‘shimcha estetik jihatlarga ega. U chiroyliroq ko‘rinish bilan birga, badan uchun yoqimli va kamroq g‘ijimlanadi.

Ipak choyshab nafisligidan tashqari teri va sochlar uchun foydali hamdir. Biroq yozning issiq kunlarida mayin salqinlik bergan ipak matoda qish kunlari muzlab qolish ham hech gapmas.

Choyshab rangiga kelsak, u har bir kishining didiga bog‘liq. Qulaylik jihatidan ularning bir rangdagisini tanlashni tavsiya etamiz. Sifatli matoning rangi har ikkala tomonida ham deyarli bir xil bo‘ladi.

Shuningdek, xarid qilishdan avval choyshab ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sana va mahsulot tarkibi ko‘rsatilgan markirovkasi mavjudligini tekshiring. Choklarning sifati va iplar rangi mosligini ham tekshirishni yoddan chiqarmang.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют