» » Surxondaryoning Uzun tumanida 100 dan ortiq tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Surxondaryoning Uzun tumanida 100 dan ortiq tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi


Surxondaryo viloyatining Uzun tumanining olis Bobotog‘ hududida joylashgan “Oqmachit” qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Unda 13 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududdagi “Oqmachit”, “Tolto‘g‘ay”, “Bobotog‘” va “Yangi obod” mahallalari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kredit mablag‘lari ajratish, gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim va tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют