» » “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Ziyodaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan klipni efirga uzatishni rad etdi

“O‘zbekkonsert” badiiy kengashi Ziyodaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan klipni efirga uzatishni rad etdi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 8 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijro etgan “Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni efirga uzatishga tavsiya berildi.

“Maroqand” guruhi ijro etgan “Malikam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Shaxrizoda Ahmedova (Kaniza) ijro etgan “Navbat sizga yetdi”, “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov ijro etgan “Marjona”, Xonanda Muhayyo Umarova ijro etgan “Mayda-mayda” deb nomlangan qo‘shiqlarga ishlangan videokliplarda kadrlardagi juz’iy kamchiliklar san’atkorlarga tushuntirilib, shartli ravishda ruxsat berildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulovaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda ma’naviyatga zid hatti-harakatlar mavjudligi, shuningdek, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va badiiy jihatdan jo‘nligi bois bir ovozdan rad etildi.

Xonanda Bahrom Karimov ijro etgan “Kelin qidirib” qo‘shig‘iga video havaskorlik darajasida ishlangani hamda qo‘shiq bilan klip o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi uchun rad etildi.

Ulug‘bek Xoliqov ijro etgan “Gavana” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, oldi-qochdi gaplardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda mentalitetga zid holatlar tasviri mavjudligi bois bir ovozdan efirga uzatish rad etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют