» » Sir-sinoatga to‘la dunyo: Insoniyatga notanish bo’lgan 15 mavjudot (fotogalereya)

Sir-sinoatga to‘la dunyo: Insoniyatga notanish bo’lgan 15 mavjudot (fotogalereya)


Odamlar Yer sayyorasida barchasi allaqachon o‘rganib chiqilgani va endi koinotda o‘rganilmagan narsalarga e’tibor qaratishga ko‘nikib qolgan. Biroq Yerda insoniyat bilmagan va olimlar tomonidan har yili aniqlanadigan ko‘plab jonivorlar bor. AdMe ana shunday 15 jonzot haqida ma’lumot berdi.

Yeti-qisqichbaqasi 2005-yili, ushbu oilaga mansub yagona vakilini ushlashga muvaffaq bo‘linganida aniqlangan edi. Bir qarashda qisqichbaqa qalin mo‘yna bilan qoplangandek, aslida esa bu uning uzun dag‘al junidir.

Puchuq burun maymunlar 2010-yili aniqlangan bo‘lib, ular faqatgina Birmada yashaydi. Burnining o‘ziga xos shakli tufayli bunday maymunlar yomg‘ir vaqtida aksiradi.

2015-yili topilgan ushbu qurqaba uni aniqlagan tadqiqotchining onasi – Janet Diana Kubitski sharafiga Hyalinobatrachium dianae deb nomlangan. Ammo qurbaqa “Mappet-shou” qahramoniga o‘xshagani uchun asosan Kermit deb ataladi.

Qisqichbaqaning noodatiy chiroyli sovutidan hayratlangan olimlar uni Cherax pulcher deb nomladi. Pulcher latin tilida “chiroyli” degan ma’noni anglatadi. Qisqichbaqalar oilasiga mansub jonnzotlar orasida bundanda chiroylisi bo‘lmasa kerak.

Mazkur qurbaqa 2008-yili Indoneziyada aniqlangan bo‘lsa-da, u haqdagi ma’lumotlar 2010-yilda chop etilgan. Qurbaqa qandaydir xavfni sezib qolsa, uning Pinokkio singari uzun burni ko‘tariladi.

Filsimon yer qazuvchilarning ilk vakili 2006-yili topilgan, ammo jonzot yangi tur sifatida 2014-yili tasdiqlangan. Hajmi kichik va kemiruvchilarga o‘xshashiga qaramay, ushbu jonivorlar fillarning uzoq qarindoshi sanaladi.

Olingito – so‘nggi 35 yil ichida G‘arbda aniqlangan birinchi yirtqich. Uzoq vaqt mobaynida ularni yaqin qarindoshlari – olingolar bilan adashtirishgan. 2013-yilda esa ular alohida tur sifatida ajratildi. Olingito yirtqichlar toifasiga kirsa-da, asosan barg va mevalar bilan oziqlanadi.

2008-yili aniqlangan jonzot yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Hozirgi kunda ularning taxminan 250 tasi qolgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ushbu maymunlar oila qurganidan keyin hech qachon juftini almashtirmaydi.

Ham suvda ham quruqlikda yashovchi jonivorning alohida tur sifatida ajratilganiga ko‘p bo‘lmadi. Uning uzunligi 10–13 santimetrni tashkil etadi.

2014-yili aniqlangan mitti lemur faqatgina Shimoliy Madagaskarda yashaydi.

Tadqiqotchi Garri Konli 1998-yili birinchi bo‘lib ko‘zlari chaqchaygan sovuti och-sariq rangli qisqichbaqani aniqlagandi. Yaqindagina esa unga Harryplax severus nomi berildi. Shu tariqa olim Xose Mendosa mazkur turni kashf qilgan taqdiqotchi va Garri Potter haqidagi hikoyaga asoslangan kinofilmda Severus Sneyp rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Alan Rikmanga hurmat bajo keltirdi.

Ushbu uchar kemiruvchi – tabiatdagi eng katta olmaxon sanaladi. Uning “qanotlari” aslida parashyut sifatida xizmat qilib, havoda ravon harakatlanish uchun yordam beradi.

Mazkur turdagi to‘q-sariq qurbaqalarni ushlaganda, teri bo‘yaladi. To‘q randagi jonivorlar odatda zaharli sanaladi, biroq olimlarning fikricha, sariqqa bo‘yaydigan yomg‘ir qurbaqasi zararsiz.

Katta bo‘lmagan ushbu qisqichbaqalar antiqa binafsha rangi bilan ajralib turadi. Ammo to‘q-binashfa rangga mazkur turdagi urg‘ochi va voyaga yetmagan qisqichbaqalar ega bo‘ladi. Ulg‘aygan qisqichbaqalar esa qizil rangga burkanadi.

Kanadalik biolog Vazrik Nazari yaqindagina kashf etilgan kuyani AQShning yangi prezidenti – Donald Tramp sharafiga nomladi. Tadqiqotchining fikricha, kuya boshidagi qoplama Donald Tramp soch turmagiga o‘xshaydi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют