» » “O‘zavtosanoat” nima sababdan faqat Gentra avtomobili gaz balloni bilan ishlab chiqarilayotganiga izoh berdi

“O‘zavtosanoat” nima sababdan faqat Gentra avtomobili gaz balloni bilan ishlab chiqarilayotganiga izoh berdi


30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati, sohada amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar hamda kompaniyaning kelgusidagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan sessiyasi o‘tkazildi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ rahbar va xodimlari, o‘rinbosarlari, ekspertlar, tizimdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, dilerlik markazlari rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

“Daryo” muxbiri Sevara Nishonovaning xabar berishicha, sessiyada “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov nima sababdan hozirgi kunda faqat Gentra avtomobillari gaz balloni o‘rnatilgan holda ishlab chiqarilayotganiga izoh berdi.

“Har bitta avtomobilimizning litsenziyasi, mualliflik huquqi General Motors kompaniyasiga tegishli. Kompaniya Venesuelada Lacetti va Gentra avtomobillariga gaz balloni o‘rnatib ishlab chiqarib kelgan. Biz mazkur amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llashga tez qaror qabul qilib, xalqimizga olib keldik.

Ko‘pchilik xaridorlar Nexia va Cobalt avtomobillarini ham gaz balloni bilan birga ishlab chiqarishimiz yuzasidan bizga murojaat qiladi. Bunda biz kompleks yondashuvni amalga oshirishimiz kerak. Kelajakda biz modellarimizni yangilash ustida ham ish olib borishimiz kerak, 2—3—4 yil ichida biz modellarimizni yangilaymiz.

Hozirgi kunda biz ishlab chiqarib bo‘lingan Cobalt va Nexia avtomobillariga gaz balloni o‘rnatadigan bo‘lsak, texnologik jihatdan va investitsiya nuqtayi nazaridan katta ish qilishimiz kerak va bu o‘zini oqlaydimi yo‘qmi degan savol ham mavjud. Ballon qo‘yilganida mashinaning massasi, og‘irligi o‘zgaradi. O‘z navbatida motor, dvigatel va boshqa qismlarini o‘zgartirish kerak. Biz bu masalani General Motors bilan muhokama qilganimizda 36 oy muhlat va bitta modelga 8 milliondan 10 million dollargacha investitsiya kiritish kerak, degan xulosaga kelgan edik. Albatta, buni kelajakda yangi model ishlab chiqarganimizda boshidan inobatga olamiz va ularni gaz balloni bilan birga ishlab chiqaramiz”, — deydi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют