» » Moliya vazirligi avtomobillar narxi oshishi haqida: Narxni davlat emas, GM Uzbekistan belgilaydi

Moliya vazirligi avtomobillar narxi oshishi haqida: Narxni davlat emas, GM Uzbekistan belgilaydi


O‘zbekiston moliya vazirligi 1-avgustdan GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning narxi 14 foizga oshishi yuzasidan izoh berdi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan davlat organlari, tashkilotlar va hukumat komissiyalarining mahsulot, xomashyo va materiallarning (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bundan mustasno) cheklangan narxi, hajmini belgilash vakolati bekor qilingan.

“GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ijtimoiy ahamiyatga ega hamda strategik tovar turlari ro‘yxatiga kiritilmagani bois ulanring narxi davlat tomonidan nazorat qilinmaydi.  Shunday qilib GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi moliya vazirligi yoki boshqa biror bir davlat organi tomonidan belgilanmaydi. GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan mahsulotiga uning tannarxi, ishlab chiqarish xarajatini ko‘tarishi va avtomobilga bo‘lgan talab kabi omillardan kelib chiqib narx qo‘yadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют