» » O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llar qurilishini Germaniyaning GP G?nter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchi

O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llar qurilishini Germaniyaning GP G?nter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchi


O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarni qurishni Germaniyaning GP G?nter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchi, deb yozadi Spot “2018—2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga tayanib.

Papenburg allaqachon mamlakatga kirib kelgan — uning ishtirokida asfalt qorishtiruvchi qurilmalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, kompaniyani “Teltomat” asfalt qorishtirish zavodlarini ta’mirlashga, davlat-xususiy sheriklik tamoyilida avtoyo‘llarni ta’mirlash va qurishga jalb qilishmoqchi.

Papenburg ushbu loyihalarning barchasida ishtirok etishga tayyor va allaqachon O‘zbekistonda zavodlarni modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqqan va o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyada o‘qitishga rozilik bergan.

Pulli yo‘llarga kelsak, ular hozirgi xalqaro trassalarning alternativasi bo‘ladi. Kompaniyaga tunnellar qurilishini ham topshirishmoqchi. Bularning barchasiga 500 million dollar chet el investitsiyalarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Loyihaviy quvvati va aniq muddatlar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют