» » Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi


31-iyul—1-avgust kunlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Bank rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosarlari Suxrob Xolmurodov, Alisher Sultonov va Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashadi.

Tashrif chog‘ida YeTTB prezidenti xususiy kompaniyalar bilan bir qator kredit bitimlarini, shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan hamjihatlik haqida bir nechta memorandumlarni imzolaydi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va YeTTB memorandumlari energetikani rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirishga mablag‘larni investitsiya qilish masalalari, shuningdek, kapital bozorlarini xususiylashtirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют