» » O‘zbekistonda maktablar kamida 10 Mb/soniya tezlikli keng polosali internet bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda maktablar kamida 10 Mb/soniya tezlikli keng polosali internet bilan ta’minlanadi


Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston prezidentining “Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda maktablarning 28 foizi kompyuter sinflariga ega emas, 63 foizida zamonaviy uskunalar yo‘q, 93 foizi yuqori tezlikdagi internetga ega emas.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktablarda etarlicha elektron ta’lim resurslari mavjud emas, o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda, moliyaviy xarajatlarni boshqarishda oshkoralikni ta’minlashda oqsoqlik mavjud.

Shu munosabat bilan hujjat loyihasida 2021-yil oxiriga qadar barcha xalq ta’limi muassasalarini internet tarmog‘iga keng polosali kirish imkoniyati (kamida 10 Mb/soniya) bilan quyidagi tartibda ta’minlash ko‘zda tutilgan:

— 2018-yil oxirigacha respublika va viloyat darajasida;

— 2019-yil oxirigacha tuman darajasida;

— 2021-yil oxirigacha barcha umumta’lim muassasalari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют