» » “Arsenal” Myunxenda yana 5 ta gol o‘tkazib yubordi, “Real” Madridda “Napoli” darvozasiga 3 ta gol urdi

“Arsenal” Myunxenda yana 5 ta gol o‘tkazib yubordi, “Real” Madridda “Napoli” darvozasiga 3 ta gol urdi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali yo‘lida kecha — 15-fevral kuni yana ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bir kun muqaddam “PSJ” va “Benfika” klublari navbatdagi bosqich sari qadam tashlagan bo‘lsa, bu safar “Bavariya” hamda “Real” dastlabki muvaffaqiyatga erishdi.

Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida “Bavariya” bilan bir guruhdan joy olib, Myunxenda 1:5 hisobida taslim bo‘lgandi. Oradan bir yil o‘tib o‘sha natija yana takrorlandi. Karlo Anchelotti murabbiylik qilayotgan “Bavariya” Arsen Venger jamoasi ustidan 5:1 hisobida ustun keldi.

Madridning “Real” klubi esa “Napoli” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Hisob neapollik futbolchilar tomonidan ochilganiga qaramay, yakunda “Qirolli klubi” 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur juftliklar javob o‘yinlarini 7-mart kuni o‘tkazadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
15-fevral, chorshanba

Gollar: Aryen Robben, 11 (1:0). Aleksis Sanches, 30 (1:1). Robert Levandovski, 53 (2:1). Tyago Alkantara, 56 (3:1). Tyago Alkantara, 63 (4:1). Tomas Myuller, 88 (5:1).
Noaniq penalti: Aleksis Sanches, 30 (A).

Gollar: Lorenso Insinye, 8 (0:1). Karim Benzema, 18 (1:1). Toni Kroos, 49 (2:1). Kazemiro, 54 (3:1).

Опубликовано: admin (16-02-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют