» » Qozog‘istonda uchuvchi yo‘lni aniqlab olish uchun vertolyotni shossega qo‘ndirdi (video)

Qozog‘istonda uchuvchi yo‘lni aniqlab olish uchun vertolyotni shossega qo‘ndirdi (video)


Qozog‘istonda uchuvchi yo‘lni aniqlab olish uchun Mi-8MT vertolyotini shossega qo‘ndirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Tarmoqda tarqalgan videoda vertolyotdan harbiy kiyimdagi erkak chiqib kelgani va qarshisidagi yuk mashinasi haydovchisiga murojaat etayotganini ko‘rish mumkin.

Qozog‘iston mudofaa vazirligi vertolyot o‘quv qo‘nishini amalga oshirganini ma’lum qildi.

“Qurolli kuchlarimizning Mi-8MT vertolyoti o‘quv-jangovar topshiriq doirasida vizual mo‘ljal olishni tiklash, jumladan, so‘rov uslubidan foydalanish vazifasini bajardi. Ekipaj avtomobil yo‘lida o‘quv qo‘nishini amalga oshirdi, yaqin oradagi aholi punktlari joylashgan manzillar, yo‘llarning holatiga aniqlik kiritdi”, — deya izoh berdi vazirlik vakillari.

Hozirda vertolyot harbiy aerodromda ekanligi bildirilmoqda.

 

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют