» » Belgiyalik erkak futbol maydonida o‘zini portlatib yubordi

Belgiyalik erkak futbol maydonida o‘zini portlatib yubordi


Belgiyaning Vervye shahridagi futbol maydonida erkak kishi qo‘lbola portlovchi qurilma yordamida o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda RTL xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.

Huquq-tartibot organlari yuz bergan hodisa terakt emas, o‘z joniga qasd qilish ekanligini ma’lum qildi: portlash yuz bergan vaqtda erkakning yonida hech kim bo‘lmagan.

Halok bo‘lgan shaxsning nomi oshkor etilmagan. U 50 va 60 yosh oralig‘ida bo‘lib, ehtimol sobiq harbiy xizmatchi ekanligi xabar qilinmoqda.

Yon-atrofda joylashgan uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Politsiya stadion hududiga yondosh hududlarni tekshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют