» » Dubay hukmdori 2117-yilda Marsga ko‘chib borish boshlanishini e’lon qildi

Dubay hukmdori 2117-yilda Marsga ko‘chib borish boshlanishini e’lon qildi


Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amirligi hukmdori Shayx Muhammad Bin Rashid Al Maktum Abu-Dabi amirligi valiahd shahzodasi va BAA Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Shayx Muhammad Bin Zayd Al Naxayyan bilan birgalikda “Mars—2117” loyihasi haqida e’lon qildi, deb yozadi UAE Inside. U 2117-yilda Mars sayyorasiga ko‘chib borishni boshlash va birinchi shaharni qurishni o‘z ichiga oladi.

100 yillik milliy taraqqiyot dasturi odamlarni Yerdan Marsga tezkorlik bilan tashish uchun vosita ishlab chiqa oladigan kadrlarni tayyorlashdan ham iboratdir.

Ushbu bayonot World Government Summit konferensiyasi chog‘ida 138 ta mamlakat, 6 ta asosiy jahon tashkilotlari va eng yirik texnologik korporatsiyalar oldida berildi. Shuningdek, Marsdagi ilk binolarning renderlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, loyiha boshqa sayyoralarda energiya ishlab chiqarish va oziq-ovqat yetishtirishning yangi usullarini o‘ylab topishni o‘z ichiga oladi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют