» » 1-avgustdan boshlanadigan test imtihonlarini internetdan onlayn kuzatish mumkin

1-avgustdan boshlanadigan test imtihonlarini internetdan onlayn kuzatish mumkin


O‘zbekistonda 1-avgustda start oladigan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qabul imtihonlari jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda, imtihonlarning ochiq va oshkora o‘tkazilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik hamkorlik qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Vazirlik rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida “O‘zbektelekom” AK tomonidan test imtihonlari o‘tkaziladigan barcha obyektlarga optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, barcha tegishli binolar yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimlariga ulandi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan bino va obyektlarni to‘liq qamrab olish maqsadida, 1 400 dona videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Kameralarning aylanma harakatini ta’minlash uchun 29 ta maxsus pult boshqaruvi joriy qilindi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash uchun 1 800 terrabayt hajmdagi maxsus server ishga tushirildi.

Imtihonga kirish jarayonida har bir abituriyent shaxsi ma’lumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan, qiyofani aniqlaydigan maxsus kamera orqali tekshiruvdan o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘tkazilayotgan obyektlar yaqinidagi maxsus kutish hududlarida ota-onalar, abituriyentlarning yaqinlari uchun yirik ekranlar o‘rnatiladi. Ularda imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, internet tarmog‘ining www.test2018.uz manzilida tashkil qilingan maxsus resurs orqali barcha obyektlardagi imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi.

Qabul imtihonlari jarayonida yanada ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida, UzDigital TV telekanallar tarmog‘i orqali imtihonlarni jonli efirda ko‘rish uchun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют