» » Sharof Rahmonov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sharof Rahmonov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi


Sharof Rahmonov Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Sharof Rahmonov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007-yilda O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini bitirgan.

Turli yillarda bir qator muassasalarda faoliyat ko‘rsatgan Sharof Rahmonov 2018-yildan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi National Export Company kompaniyasi bosh direktori lavomizimi ishlab kelayotgan edi.

U 2017—2018-yillarda Tashqi savdo vazirligi huzuridagi UzTrade kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют